Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ijodiy imtihonlar boshlandi!


Habaringiz bor, respublikamiz bo‘ylab Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Xorazm viloyatida ham 2 ta hudud va 3 ta sektorda imtixonlar o‘tkazilyapti. Abiturientlarga qulayliklar yaratish maqsadida maxsus yo‘nalishsiz avtobuslar qo‘yildi. Urganch davlat universitetida ham test sinovlari karantin qoidalariga rioya qilingan holda o‘tkazilyapti.

  “Xorazm viloyatida Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirgan abiturientlar soni 77972 nafarni tashkil etadi. Ular 2 sentabrdan  11 sentabrgacha imtixon topshirishlari mo‘ljallangan. Urganch davlat universitetini birinchi Oliy ta’lim muassasasi sifatida tanlagan abiturientlar soni 52008 nafarni tashkil etadi ”, – deya ta’kidlaydi UrDU Qabul komissiyasi mas’ul kotibi  D.G‘ayipov.

  3 sentabrdan Urganch davlat universitetida Musiqa ta’limi, Jismoniy madaniyat, Tasviriy san’at, Sport faoliyati xotin-qizlar yo‘nalishlariga ijodiy imtinonlar start oldi.

Ulashish