Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullaev imtiyoz asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarni tabriklash maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi!


Ma’lumki, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining Farmoni asosida bu yil oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarni qo‘shimcha davlat granti asosida 4 foizli kvota asosida o‘qishga qabul qilish belgilangan edi. 

2020 yilning 5 oktyabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullaev  ushbu imtiyoz asosida talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan xotin-qizlar xonadonlariga tashrif buyurdi. B.Abdullaev ushbu yutuq bilan talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan qizlar va ularning ota-onalarini tabriklagan holda, mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan shart-sharoit, imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalangani bilan samimiy muborakbot etdi. O‘z o‘rni talaba qizlar ham bunday e’tibor va sharoitlar uchun davlatimiz rahbari hamda universitet rahbariyatiga minnatdorchiligini izhor etishdi.

 

Ulashish