Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



2020 yil 9 oktabr kuni Urganch davlat universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqining mazmun- mohiyati” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi


 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashkilotchiligida o‘tkazilgan ushbu seminar-treningda UrDU professor-o‘qituvchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Murabbiylar kengashi raisi va a’zolari ishtirok etishdi. Seminarda UrDU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov   “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi va unda yoshlar huquqlari masalasi” mavzusida, UrDU Turizm va iqtisodiyot fakulteti professori i.f.d. B.Ro‘zmetov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida integratsiya” mavzusida ma’ruza qilib, bu borada o‘z fikr-muloxazalarini bildirdilar. Shuningdek, seminar davomida UrDU Biotexnologiya kafedrasi mudiri S.Bobojanova, Tarix fakulteti katta o‘qituvchisi U.Xo‘jamuratov, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti D.O‘razboyevalar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ulashish