Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmon loyihasi muhokamasi


Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasi bugungi kunda joylarda muhokama qilinib, takliflar bildirilmoqda. 2020 yil 26 oktabr kuni Urganch davlat universitetida ham yangi farmon loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. ZOOM dasturi orqali onlayn shaklda o‘tkazilgan ushbu seminarda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bshlimi xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bshyicha dekan muovinlari ishtirok etishdi. Seminarda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov so‘zga chiqib, farmon mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, unda milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berish hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilish; milliy reytingida birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolatini berish; 2021 yil 1 sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan OTMlar tashkil qilish; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab OTMlar qaroriga muvofiq nomutaxassislik fanlari modul tizimi asosida o‘qitish masalalari oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib o‘tdi. Tadbirda shuningdek, bir qator mutaxassislar yangi farmon loyihasiga munosabatlarini bildirib, qator takliflarni ilgari surdilar.

 

Ulashish