Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi haqida


Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘ldagi dadil qadamlar 2016-yildan boshlandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, biz bugun barchamiz yengni shimarib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga kirishdik, uning mustahkam zaminini yarata boshladik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir necha o‘n yillar davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bajarildi. O‘zbekiston tom ma’noda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” yuz tutdi.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan integrasiyasini, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayni paytda oliy ta’lim sohasida bir qator muammolar saqlanib qolayotgani haqida to‘xtalib o‘tgandilar:

• Sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, ayniqsa, hududlarda nodavlat oliy o‘quv yurtlarini tashkil etish sekin bormoqda.

• Aksariyat bitiruvchilarning bilim va malakasi mehnat bozori talablariga javob bermayapti.

• Mahalliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyat hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish darajasi juda past.

• Tizimda ilmiy darajali o‘qituvchilar ulushi o‘rtacha 37 foizni tashkil etadi.

• Oliy ta’lim maskanlarini ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlash, tizimda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash darajasi ham past.

Xullas, bugungi kunda milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizasiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.

Batafsil...

UrDU rektori B.Abdullayevning Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidagi ma’ruzasi

Ulashish