Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, uning ijrosi hamda “Oliy ta’lim tizimida o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish, OTMlarda kredit-modul tizimining afzalliklari to‘g‘risida”gi masalalar yuzasidan brifing


2020 yil 31 oktabr kuni Urganch davlat universiteti Ma’naviyat xonasida O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, uning ijrosi hamda “Oliy ta’lim tizimida o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish, OTMlarda kredit-modul tizimining afzalliklari to‘g‘risida”gi masalalar yuzasidan brifing o‘tkazildi. Unda Urganch davlat universiteti rahbar xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Brifingda Universitetning bosh yuriskonsulti Sh.Atayev O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, uning ijrosi yuzasidan Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar haqida, UrDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Xodjaniyozov “Oliy ta’lim tizimida o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimining afzalliklari haqida, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.Davletov Urganch davlat universitetida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, yoshlar bilan ishlash haqida so‘zga chiqdilar.
Brifingda universitet rahbar xodimlari qatnashchilarning mavzu yuzasidan savollariga javoblar berishdi.

Ulashish