Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mahallalarda “Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar start oldi.


Bugun 11 noyabrь kuni tashkil etilayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi mahallalarda oʼtkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarda el ardogʼidagi sanʼatkorlar, ashula va raqs ansambli, sport ustalari va boshqalar ishtirok etishmoqda.
Bu tadbirni tashkillashtirishda Xorazm viloyati hokimligi, madaniyat, sanʼat, sport muassacalari bilan bir qatorda Urganch davlat universiteti jamoasi ham oʼzlarining targʼibotchilik faoliyati bilan munosib hissasini qoʼshmoqda. Tadbirda oʼtkazilayotgan taqdimotlar, namoyish etilayotgan ijtimoiy roliklar, ijro etilayotgan sheʼrlar, kuy va qoʼshiqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor boʼlmoqda.

Ulashish