Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



YANGI O‘ZBЕKISTON — YANGICHA DUNYOQARASH


Ayni damlarda mahallalarda “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirlarda el ardog‘idagi san’atkorlar, ashula va raqs ansambli, sport ustalari va boshqalar ishtirok etishmoqda.
Bu tadbirni tashkillashtirishda Xorazm viloyati hokimligi, madaniyat, san’at, sport muassacalari bilan bir qatorda Urganch davlat universiteti jamoasi ham o‘zlarining targ‘ibotchilik faoliyati bilan munosib hissasini qo‘shmoqda. Tadbirda o‘tkazilayotgan taqdimotlar, namoyish etilayotgan ijtimoiy roliklar, ijro etilayotgan she’rlar, kuy va qo‘shiqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lmoqda.
Tadbirlardan lavhalarni ko‘rgan inson beixtiyor quvonib ketadi, chunki havo sovuq bo‘lishiga qaramay xalqimiz kayfiyati a’lo va kuy-qo‘shiqni sog‘ingan aholiga tadbirlar xush kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Targ‘ibot tadbirlarida muxtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Beshta muhim tashabbus»ning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yanada chuqurroq singdirilishi bilan bir qatorda bu bo‘yicha tanlov va musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Mehr-oqibat kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarni targ‘ib qilish hamda beshta muhim tashabbus targ‘iboti yuzasidan o‘tkazilgan tadbir tuman aholisining qalbidan joy olib samarali tarzda tashkillashtirilmoqda.

Ulashish