Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



10-11-dekabr kunlari Xalqaro I yoshlar turizm forumi Buxoro viloyatida bo'lib o'tdi


Forumda respublikamizning barcha viloyatlaridan turizm yo'nalishi talabalari va yosh liderlar ishtirok etishdi.
Xorazm viloyatidan Inklyuziv ta'lim markazi to'garak rahbari va volontyorlar jamoasi qizlaridan iborat delegatlar o'zlarining “Ta'lim va turizm”  yo'nalishi bo'yicha kreativ loyihalari bilan ishtirok etishdi.

10-11-dekabr kunlari Xalqaro I yoshlar turizm forumi Buxoro viloyatida bo'lib o'tdi

Xorazm viloyati jamoasida Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabalari:  Xudayberganova Munira,  Ahmedova Nilufar, Egamova Mo'tabar va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti Maxsus pedagogika fakulteti talabasi Yaqubova Asalxonlarning loyihalari "Ta'lim va turizm" yo'nalishi bo'yicha faxrli 1- o'rinni, Turizmning alohida yo'nalishlari bo'yicha 3- o'rinni egalladi.

Shuningdek, Inklyuziv ta'lim markazi to'garak rahbari Ahmedova Nilufar Buxoro viloyati Turizm departamenti elchisi qilib tayinlandi. Xorazm viloyati jamoasi kayfiyatlari a'lo. Maqsadlari yuksak! Xalqaro II yoshlar turizm forumini Xorazm viloyatida o'tkazish rejalashtirilgan.

Ulashish