Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyatida saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv mashg‘ulotlarining har bir kuni qiziqarli o‘tmoqda


Ma’lumki, shu yilning 17-18-19 may kunlari TATU Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuzasidan Xorazm viloyati trenerlari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari boshlandi. 

Seminarning uchinchi kuni ham birinchi-ikkinchi kundagi kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruzalarga, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Unda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Eshmuhammad Qodirov, viloyat hokimligi mas’ullari, hududiy trenerlar, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Urganch, Tuproqqal’a, Xazorasp, Xonqa, Xiva tumanlari sektorlari rahbarlarining o‘rinbosarlari, shahar va tuman hokimlarining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hokimlarning jamoatchilik bo‘yicha maslahatchilari, tashkiliy-nazorat guruhi vakillari, jami 86 nafari kishi ishtirok etmoqda.

Seminar mashg‘ulotlarining uchinchi kunida ma’ruzachilar X.Ro‘zmetov “Muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, saylov kuniga tayyorgarlik”, D.Bekchanov “Saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash”, U.Fozilov “Saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish tartibi”, E.Qodirov “Saylov natijalarini aniqlash va e’lon qilish tartibi” to‘g‘risida ma’ruza qildilar va amaliy mashg‘ulotlar, savol-javoblar o‘tkazdilar.

Mashg‘ulotlar zarur jihoz va vositalar (proyektor, elektron doska, kompyuter, marker, ichimlik suvi, perometr dizenfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar) bilan to‘liq ta’minlangan auditoriyalarda olib borilmoqda.

Ulashish