Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik

2021-yil 31-may kuni mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuv va konsert dasturlarini o`tkazish maqsadida respublika targ`ibot guruhi a`zolari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.
Urganch davlat universiteti YANGI O`ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK
 
Targ`ibotchilar tashrifning ilk kunida Urganch davlat universitetida bo`lib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv o`tkazdilar.  Ushbu ma`naviy-ma`rifiy tadbirda Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxammedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Omonbek Bo‘tayorov,  “Muqimiy” nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, shoir va ijodkorlar G.Ibodullayeva hamda  U.Davletov, Xorazm estrada xonandalari o`z chiqishlari, ijod namunalari bilan ishtirok etib, talaba-yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.
Urganch davlat universiteti YANGI O`ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK
Tadbir yakunida UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori  S.Davletov universitet rahbariyati hamda talabalari nomidan targ`ibot guruhi a`zolariga minnatdorchilik bildirdi.
Urganch davlat universiteti YANGI O`ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK

Ulashish: