Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Turizm va sport vaziri kubogi” sport musobaqasining universitet bosqichi o`tkazildi

Oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlari  o‘rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish,  ularni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida  yo`lga qo`yilgan “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasining univeristet bosqichi bugun, 2021-yilning 15-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalari o`rtasida o`tkazildi.

“Turizm va sport vaziri kubogi” sport musobaqasining universitet bosqichi o`tkazildi, Urganch davlat universiteti

Kunning birinchi yarmida musobaqaning ochilish marosimi o`tkazilib, unda  Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o`qituvchilari, universitet Sport klubi a`zolari hamda musobaqa qatnashchilari ishtirok etdilar. Musobaqani  UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi.  

“Turizm va sport vaziri kubogi” sport musobaqasining universitet bosqichi o`tkazildi, Urganch davlat universiteti

Musobaqa kun davomida sportning Badminton,  Shaxmat,  Armrestling va Futbol  turlari bo'yicha o'tkazildi. Unda talabalar bor kuch va mahoratlaridan foydalangan holda g`oliblik sari olg`a bordilar.

“Turizm va sport vaziri kubogi” sport musobaqasining universitet bosqichi o`tkazildi, Urganch davlat universiteti

Kunning ikkinchi yarmida musobaqa g`oliblari aniqlanib, taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda  Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor S.Davletov,  Jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Ko`palov , Sport faoliyati kafedrasi mudiri F.Masharipov hamda Sport klubi raisi o`rinbosari M.Rahimovlar g`oliblarni e`lon qilib,  Diplom va esdalik sovg`alari topshirdilar.

Ulashish: