Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Sudya va yoshlar” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2021-yil 26-iyun kuni Urganch davlat universitetida “Sudya va yoshlar” mavzusida  mamlakatimizda sud-huquq tizimidagi islohotlar masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori,  t.f.d.  S.Davletov, Xorazm viloyati sudining jinoiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U.Bekturdiyev, Xorazm viloyat sudining jinoiy ishlar bo‘yicha sudyasi D.Atamuratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov, fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, talabalar qatnashishdi. Tadbirda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning savollariga javoblar berildi, taklif va mulohazalari tinglandi.

Urganch davlat universitetida “Sudya va yoshlar” mavzusida  ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Urganch davlat universitetida “Sudya va yoshlar” mavzusida  ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ulashish: