Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi

Urganch davlat universitetida 30-iyun –“Yoshlar kuni"ga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida 2021-yil 28-iyun kuni kunning birinchi va ikkinchi yarmida "Rektor va yoshlar" ochiq muloqotlari o‘tkazildi.  Uchrashuvlar universitetning Madaniyat saroyida o`tkazilib, unda barcha fakultetlarning yetakchilik qobiliyatiga ega, iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi
Ochiq muloqotda universitet rektori B.Abdullayev hamda Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor S.Davletovlar so`zga chiqdilar. Xususan muloqotda yurtimizda keyingi yillarda Prezidentimizning yoshlar ta`lim-tarbiyasi va kamolotiga qaratayotgan alohida e`tibori, davlatimiz rahbari  raisligida 2021-yil 16-iyun kuni oliy ta`lim tizimiga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektorida ilgari surilgan masalalar jumladan, undagi ta`lim sifatini tubdan yaxshilash, bozor extiyojlaridan kelib chiqib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalarni to`liq yotoqxona bilan ta`minlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan Urganch davlat  universiteti  misolida rektor B.Abdullayev batafsil to`xtalib o`tdi. 
Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi
Muloqot davomida UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov mamlakatimizda olib borilayotgan  yoshlar siyosati va unda yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste`dodlarini qo`llab-quvvatlash masalalari,  hozirgi davrda ta’lim-tarbiya  jarayoniga qo`yilayotgan zamonaviy talablar haqida so`zga chiqdi.
Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi
 
Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi
 
Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi
Uchrashuvda talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Ularni taklif va tashabbuslari eshitildi.

Ulashish: