Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun Press-tur tashkil qilindi

2021- yilning 30-iyun kuni Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun "Ta`limdagi ochiqlik va shaffoflik" mavzusida Press-tur o‘tkazildi. 

Press-tur oldidan o`tkazilgan uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov ishtirok etib, kirish so`z qildi.

Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun Press-tur tashkil qilindi

Shuningdek, “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv bo`limi boshlig`i X.Shixova ham so`zga chiqib,  Press-turni o`tkazishdan maqsad va aynan ta`limdagi ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash maqsadida UrDUda olib borilayotgan ishlar, bu borada yangi tashkil qilingan “Komplayens-nazorat” bo`limining mazmun-mohiyati xususida axborot berdi.

Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun Press-tur tashkil qilindi

Shundan so`ng, Press-tur ishtirokchilari mazkur bo`limni ko`rish va yaqindan tanishish maqsadida  bo`lim boshlig`i  X.Shixova boshchiligida bo`limga tashrif buyurib, faoliyati bilan tanishdilar. 

Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun Press-tur tashkil qilindi

Shuningdek, Press-tur davomida Xorijiy filologiya fakultetining o‘quv auditoriyalari, Lingvofon xonasi, 
xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan zamonaviy kutubxonasiga sayohat qildilar. Ushbu sayohatga fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini S.Matkarimov boshchilik qildi.
Press-tur davomida talabalar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun Press-tur tashkil qilindi

Ulashish: