Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining O'zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan soni boʻlib oʻtdi

2022-yilning 26-aprel sanasida  Urganch davlat universiteti talabalari o'rtasida o'tkaziladigan “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni oʻtkazildi.   Unda Filologiya fakultetining she'riyat ixlosmandlari, nazmga qiziquvchi faol talabalari sheriyat maydonida bahsga kirishdilar.

Tadbirni Filologiya fakulteti dekani, f.f.d D.Q.G'ayipov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Tadbirning badiiy qismi 191-guruh talabalari tomonidan tashkillashtirilib, noyob iste’dod sohibi bo’lmish Muhammad Yusuf qalamiga mansub inson va hayot, ona Vatan tushunchalari mujassamlashgan she‘rlari, shoir hayotini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi.

Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining 5 nafar ishtirokchilari barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o'rin: Sabirova Mohina

2-o'rin: Rustamova Durdona

3-o'rin: Jumaboyeva Shahlo

Tadbir so‘nggida tanlov  g‘oliblari hamda  faol talabalariga fakultet dekani D.Q.G'ayipov, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova, fakultetning bir guruh professor-o'qituvchilari tomonidan Faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbirda hakamlar hay'ati tomonidan mazkur an'anaviy tanlov ijodkor, o'z ustida tinimsiz ishlaydigan talabalarni aniqlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining O'zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan soni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining O'zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan soni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining O'zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan soni boʻlib oʻtdi

 

Ulashish: