Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yangi O‘zbekiston - inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

2022-yilning 13-may kuni  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” umumiy shiori ostida “Yangi O‘zbekiston - inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida mehmonlar universitet talabalari tomonidan tashkil qilingan  “Besh barmog‘imda- besh xil hunar” mavzusidagi  qo‘l ishlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Tadbirda Partiyaning Siyosiy Kengashi Markaziy apparati  va  barcha viloyatlardagi faollari,  viloyatimizdagi faollari, Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, talabalar,   ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Urganch shahar Madaniyat bo‘limining vohamizga tanilgan san’atkorlari  ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Shundan soʻng, Partiya Siyosiy Kengashi raisi B.Abduxalimovning maʼruzasi tinglandi. B.Abduxalimov oʻz soʻzida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga, ilm-fan, ta’limga berilayotgan e’tibor haqida toʻxtalib, yurtimizdagi keng bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, “Inson qadri uchun” tamoyilini amalga oshirishda O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi eng faol partiyalar sirasiga kirishini taʼkidladi. Shu zaminda yetishib chiqqan ulugʻ allomalar, ularning ilmiy merosi va jahon tamadduniga qoʻshgan hissalari haqida soʻz yuritib, mamlakatimizda hozirda yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtirok qilishi muhimligiga toʻxtaldi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida Partiya Siyosiy Kengashi raisi oʻrinbosari A.Raxmonov ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Adolat do‘ppisi” va “Adolat belbog‘i”  maxsus sovg‘alari  va sertifikatlar viloyatdagi partiya faollariga tantanali topshirildi.

Uchrashuv yakunida vohamizning sevimli san’atkorlari tomonidan Vatanimizni madh etuvchi  kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Ulashish: