Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet tyutorlarining navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi

Bugun, 18-iyun kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida universitet tyutorlarining navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Seminar avvalida UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov so'zga chiqib, tyutorlar faoliyati monitoringgi va qilinishi lozim bo'lgan ishlar haqida to'xtaldi hamda tegishli topshiriqlar berdi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xotin-qizlar bo'yicha inspektori, kapitan Y.Qazaqova va leytenant Z.Tillaboyevalar mehmon sifatida ishtirok qilib, hozirgi kunda talaba-yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar haqida  atroflicha to'xtalib, tyutorlar tomonidan berilgan savollarga berishdi. O'z o'rnida, tyutorlar yuqoridagi holatlarning oldini olish bo'yicha o'zaro  fikr- mulohaza almashib, bu borada chora-tadbirlar ishlab chiqishni ta’kidlab o'tishdi.

Shuningdek, "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi tomonidan "Pedagogik takt va pedagogik texnika" mavzusida taqdimot orqali trening olib borildi.

urdu.uz, Universitet tyutorlarining navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi

urdu.uz, Universitet tyutorlarining navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi

urdu.uz, Universitet tyutorlarining navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi

urdu.uz, Universitet tyutorlarining navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi

Ulashish: