Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Chempionlar va yoshlar” uchrashuvi

Bugun Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda universitet rektori Baxrom Abdullayev hamda Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda “Universiada-2022” sport musobaqalarining ayollar oʻrtasida voleybol sport turi bo'yicha final bosqichida mutloq gʻolib boʻlib, universitetimizga OLTIN MEDALni etgan Jismoniy madaniyat fakultetining voleybolchi qizlariga UrDU rektori B.Abdullayev oʻzining samimiy tilaklarini, universitetimiz sharafini munosib himoya qilganliklari uchun tashakkurini izhor etdi va  3 mln. so'mlik moddiy ragʻbatlantirish sertifikatlarini tantanali topshirdi.

Tadbirda chempionlarimizning ustoz va murabbiylari,  voleybolchi qizlarning oʻzlari soʻzga chiqib, musobaqa jarayonlari va hayajonli gʻalaba taassurotlarini oʻrtoqlashdilar.  

urdu.uz, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi

Ulashish: