Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urdu Madaniyat saroyida Uzbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Og'abek Sobirov bilan "San’atim sizga armugon" deb nomlangan katta kontsert dasturi bo'lib o'tdi

2020 yilning dastlabki kunlari TTJ  talabalari uchun ko'tarinkilik ruxida boshlandi. 2-4 TTJ tarbiyachi-pedagoglari bilan 7 yanvar sanasida Urdu Madaniyat saroyida turkmanistonlik talabalarimizning taklif va istaklariga binoan xalkimizning suyukli farzandi Uzbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Og'abek Sobirov bilan "San’atim sizga armugon" deb nomlangan  katta kontsert dasturi bo'lib o'tdi. Kontsert avvalida dasturga muvofik  Og'abek Sobirovning  xayoti va ijodiga bir nazar solindi. Dildan suhbat bo'ldi. Suhbat chog'ida keltirilgan mavzumizga oid  qo'shiklar jarang sochdi. Bu noan’anaviy tus olgan jarayon  tomoshabinlarda san’atkorga nisbatan yanada katta qiziqish uyg'otdi. Davraning faolligi oshdi. Talabalarimizning quvonchi cheksiz .Tadbirda dekan va dekan o'rinbosarlar va bir kator professor o'qituvchilarimizning qatnashganligi e’tiborga loyiqdir. Prezidentiiizning 5 ta muxim tashabbusida ilgari surilgan yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda biz tarbiyachi pedagoglar katta masuliyat bilan yondoshsak yoshlarimizni ma’naviy barkamol, komil inson bo'lishiga hissa qo'shgan bo'lamiz.

Ulashish: