Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Qizlar davrasi" ko‘rik tanlovi bo'lib o'tdi

2020 yil 7-fevral kuni Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovni Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, t.f.d. S.R.Davletov ochib berdi. U o‘z so‘zida ko‘rik-tanlov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 yanvardagi 87-04-149-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotganligi, ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad talaba qizlarimizni yuksak odob-ahloq tamoyillari asosida tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, kiyinish va muomala madaniyatini oshirish, qizlarni ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish hamda ularni bugungi ezgu islohatlarga faol munosabatini shakllantirish hamda ularda kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning "Qiz bola-bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir",-degan e’tirofi millat davomchilari bo‘lmish qizlarimizni oilaga, jamiyatga, davlatga munosib insonlar qilib tarbiyalashda har bir inson mas’ul ekanligini anglatadi.  Kelajak poydevori bo‘lmish qizlarimizni To‘maris, Nodirabegim, Zulfiyaxonim kabi millat g‘ururiga aylangan buyuk siymolarning munosib davomchilari sifatida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz asosida kamol toptirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Universitetda o‘tkazilgan "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovi aynan shu vazifalarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan.  Tanishtiruv, kitobxonlik targ‘iboti, pazandalik va erkin mavzu shartlari asosida bellashgan 8 ta: Horijiy filologiya, tarix, san’atshunoslik, fizika-matematika,  turizm va iqtisodiyot, filologiya, pedagogika,  texnika kabi fakultetlarning go‘zal va dilbar qizlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan bu ko‘rik-tanlov tomashabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.  Horijiy filologiya fakultetidan Farog‘at Quromboeva "Eng iqtidorli talaba qiz",  Fizika-matematika fakultetidan Bog‘ibekova Leninza "Eng mohir talaba qiz", texnika fakultetidan Madrahimova Indira "Eng latofatli qiz" , filologiya fakultetidan Fotima Sobirova "Eng uddaburron qiz", Turizm va iqtisodiyot fakultetidan Feruza Qodirova "Eng tashabbuskor qiz", San’atshunoslik fakultetidan Xolida Komilova "Eng oqila qiz", Tarix fakultetidan Feruza Sharifboeva "Eng zukko qiz", pedagogika fakultetidan Mohira Yusupovalarga "Eng pazanda qiz" nominatsiyalari berilib, universitet fahriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ayniqsa talaba qizlarimizning erkin mavzuda chiqishlari tomoshabinlari e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ko‘rik-tanlov so‘nggida UrDU xotin-qizlar qo‘mitasi BT raisi, dots. Sh.Q.Nurullaeva ko‘rik-tanlovni o‘tkazishda  faollik ko‘rsatgan talaba qizlar, ularning ustozlari va hakamlar hay’ati tarkibini tashkil qilgan mehmonlarga  minnatdorchilik bildirdi.

Ulashish: