Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan adabiy badiiy kecha

Urganch davlat universitetida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad  Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan  adabiy badiiy kecha hamda shoir ijodiga bag'inlangan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovi o’tkazildi. Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori B.I.Abdullayev ochib, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining bugungi kundagi ahamiyatiga to’xtalib o’tdi.Tadbirda Filologiya fakulteti tomonidan tashkil qilingan badiiy chiqishlar, kuy- qo'shiqlar bayramga ko'tarinkilik baxsh etdi.Kechada san'atshunoslik fakulteti talabalari va viloyat musiqali drama teatri aktyorlari ham o'z chiqishlari bilan ishtirok qilishdi.Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limidan bir guruh shoir va yozuvchilar qatnashdi.Filologiya fakultetida shoh va shoir ijodiga bag'ishlab insholar tanlovi o'tkazildi.Shuningdek, tadbir davomida Alisher Navoiy, Matnazar Abdulhakim kabi buyuk siymolar hayoti va ijodi bo'yicha insholar tanlovi g'oliblari, " Kitobxon avlod" ko'rik-tanlovi, Ulug'bek Hamdamning " Isyon va  itoat" asari yuzasidan o'tkazilgan bellashuv g'oliblari va "She'riyat shohsupasi" tanlovida birinchilikni olgan faol ishtirokchilar dekanat tomonidan munosib taqdirlandilar.

Ulashish: