Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar turar joyida "Sen aziz va muqaddassan ayol" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi

TTJ  ning  ARM  da  2-4-son  binosi talabalari bilan 8-Mart xalkaro xotin- qizlar kuni munosabati bilan "Sen aziz va muqaddassan ayol" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.  Bayram tadbirida Urganch shahar hokimi maslaxatchisi Sayyora Samandarova ishtirok etdi va bayram bilan qutladi. Bayram tadbirida talabalar tomonidan bahor ayyomiga bagishlab kuy-qo'shiklar tarannum etildi. Raqs guldastasi barchani xushnud kildi. "Moxir qo'llar" tikuvchilik to'garagi  qizlari tomonidan tikilgan milliy va zamonaviy modalar namoyishi tomogabinlarga manzur bo'ldi. Tadbirda tarbiyachi pedagog J.Raximov tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar esa bayramga tuhfa bo'ldi.  Tabirda eng faol qatnashgan  bir gurux talabalarga  faxriy yorliq va sovgalar taqdim etildi. Tadbirda UrDU Xotin-kizlar qo'mitasi raisi Sh. Nurullaeva va xorijiy filologiya fakulteti o'qituvchisi, murabbiylar kengashi raisi M.Otajanovalar ishtirok etdi va bahor bayrami bilan qutladilar.

Ulashish: