Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich o`z ishchi guruhi bilan Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich 2021-yil 29-yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida bir qator tumanlar jumladan Qo`shko`pir, Shovot, Xonqa tumanlarining maktablarida, shuningdek  viloyatdagi oliy ta`lim muassasalarida bo`lib, u yerdagi ta`lim sifatini tekshirdi, dars jarayonlarini kuzatdi, o`quvchilar hamda talabalar bilan suhbatda bo`ldi, pedagog kadrlarga o`z taklif va tavsiyalarini berdi, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlanganlik darajasi bilan tanishdi.

Kunning ikkinchi yarmida, viloyatdagi barcha ta`lim muassasalari vakillari hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuvga  Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev moderatorlik qildi.

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich ta`lim muassasalaridagi vaziyatni o`rganganligini qayd etib, mavjud vaziyatni tahlil qilib, yutuqlar, shuningdek bartaraf qilinishi zarur bo`lgan kamchiliklarni tahlil qildi. Ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib, tegishli takliflar va tavsiyalar berdi. Shuningdek, respublikaga sifatli kadrlar kerakligi, bog`chadan tortib oliy ta`limgacha sifatga katta e`tibor qaratish lozimligini alohida ta`kidladi. “Inson kapitaliga investitsiya kiritgan davlatning kelajagi buyuk bo`ladi”,- deya ta`kidladi nutq davomida Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich. 

Urganch davlat universiteti, TTA Urganch filiali, TATU Urganch filiali talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib, tahlil qildi. Shuningdek, Urganch davlat universitetini maktablar bilam hamkorligi ancha samarali tashkil qilinganini ta`kidladi. Milliy o`quv dasturlari yaratish yo`lga qo`yilganligi va Urganch davlat universiteti hamkorlikka qo`shilganini aytib o`tdi.

Uchrashuv davomida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash instituti  rektori Radjiyev Ayubxon Baxtiyarovich so`zga chiqib, bugungi kunda malaka oshirish tizimidagi islohotlar, malaka oshirish kurslarini tabaqalashtirish, ushbu tizimda ham kredit-modul sistemasini joriy etish, bu borada pedagog kadrlarni ilmiy salohiyatini ham hisobga olish tartibi kabi masalalarga to`xtaldi. 

Xorazm viloyati hokimining Yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari Salayev San`at Komilovich viloyatdagi ta`lim tizimi hamda  yoshlarga oid davlat dasturi haqidagi nutqi bilan uchrashuvga yakun yasadi.

Ulashish: