Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Siyosiy partiya faollari va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun tashkil etiladigan o`quv kurslarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Bugun, 1-mart kuni Urganch davlat universiteti  Madaniyat saroyida siyosiy partiya faollari va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun tashkil etiladigan o`quv kurslarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda viloyatdagi barcha partiya vakillari  ishtirok etdi.  

Uchrashuvni Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, moderatorlik qildi. Tadbirda so`zga chiqqan UzLidep siyosiy kengashi raisining o‘rinbosari B.Yoqubov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati J. Atajanovlar ushbu o`quv kurslarning maqsadi va o`quv jarayonini tashkil qilish masalalari yuzasidan ma`ruza qildilar.

 Shuningdek, UrDU professori, i.f.d. B.Ro‘zmetov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan ma’ruza qildi.

Shundan so`ng, kun tartibidagi  o`quv mashg`ulotlari guruhlarga bo`lingan holda o`z ishini davom qildirdi. 

Ulashish: