Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 13-mart kuni  Urganch davlat universitetining  Ma`naviyat xonasida  "Urganch davlat universitetining o`tgan davrdagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari" mavzusida  Ochiq muloqot o‘tkazildi.

 Ushbu ochiq  muloqotda universitet rektori  B.Abdullayev  boshchiligida Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Z.Ibragimov hamda O`quv-uslubiy boshqarma boshli`g`i  G`.Matlatipovlar   bir guruh iqtidorli talabalar bilan mavzu yuzasidan ochiq suhbat olib bordi. 

Unda universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari, strategik vazifalari, talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya usullari yuzasidan yangi g'oyalar va tashabbuslar, galdagi vazifalar, shuningdek universitetda yo`lga qo`yilgan turli to`garaklar, ko`rik-tanlovlar haqida so`z bordi.

 

Shuningdek, bu borada talabalarning ham fikr va mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi. Ochiq muloqotda  OAV vakillari ham ishtirok etdi.

 

Ulashish: