Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangilanish va yasharish bayrami bo’lgan Navro’zi ayyom munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektorining tabrigi

Shunday tarovatli kunlarda tabiat uygʻonib, goʻzal diyorimizga barchamiz orziqib, sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrk-u ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram, ayniqsa, bugungidek kunlarda qalblarimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlamoqda. Navroʻzdek betakror va dilbar faslda barchamiz oʻzimizni yosharib ketgandek, vujudimizga yangi kuch-gʻayrat, azm-u shijoat kirgandek his etamiz. Necha yuz yillik milliy qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, buyuk tarix va  buyuk madaniyat izdoshlari ekanimizni yana bir bor anglab yetamiz.  Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va yangilanishlar aynan shu ulugʻ maqsadga – har kunimiz Navroʻz boʻlishiga, yaʼni, xalqimiz hayotining obod va farovon boʻlishiga, oʻtayotgan kunidan rozi boʻlib yashashga  qaratilganini barchamiz yaxshi bilamiz.

Aziz va hurmatli professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar. Barchangizni mana shu goʻzal, tarovatli Navroʻz ayyomi bilan tabriklayman. Barchangizga,  avvalo sogʻlik va omonlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilab qolaman.  Ilmiy va pedagogik faoliyatingizda, oʻqishlaringizda omad yor boʻlsin. Navroʻzi olamning hayotbaxsh nuri qalbingizni tark etmasin. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon boʻlsin! Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin!

 

Urganch davlat universiteti rektori Abdullayev Bahrom Ismoilovich

Ulashish: