Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING MAKTABLARGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 26-mart kuni  Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Jismoniy madaniyat fakulteti dekani  S.Ko`palov hamrohligida  navbatdagi Tuproqqal`a  tumanida joylashgan 6-maktabga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida maktablarning bitiruvchi o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda bugungi kunda oliy ta'lim va maktab o'rtasidagi hamkorlik aloqalari,  yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida so'z bordi.

Umumta’lim maktablarining 11-sinfida ta’lim olayotgan hamda matematika va fizika fanlarini chuqur bilgan, ammo ota-onasining biridan ayrilgan ehtiyojmand qizlarni “mahallabay” aniqlash maqsadidagi ushbu tashrifda  qizlarni OTM larga bepul tayyorlash, o‘qishga kirishlariga yordam va imtiyoz berish masalalari muhokama qilindi. Hozirda talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan 50 nafar talaba qizni ya’ni boquvchisini yo‘qotgan  oila farzandlarini to‘lov kontraktlarini bo‘lab berishini  universitet o‘z zimmasiga olishi  universitet rektori tomonidan alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi o'quvchilar va ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

 

Ulashish: