Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



AMIR TEMUR - BUYUK SARKARDA VA DAVLAT ARBOBI

Urganch davlat universitetida  o`zbek davlatchiligining asoschisi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlangan  «Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi » mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Unda Tarix fakultetining professor-o`qituvchilari  va talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirni UrDU prorektori S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, “Amir Temur merosining hozirgi davr uchun ahamiyati” mavzusida ma`ruza qildi. 

Anjumanda Tarix kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh.Yusupov  “Amir Temur davrida Xorazmdagi madaniy jarayonlar”, UrDU Xotin-qizlar kengashi raisi, dotsent Sh.Nurullayeva “Amir Temur tuzuklari va hozirgi zamon”,  Tarix kafedrasi mudiri t.f.d., dots.  O`.Abdullaev  “Amir Temur va temuriylar davri diplomatiyasi”, Mahmud az-Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazining umumiy o`quv zali rahbari M.To`xtaboyev “Dunyo tan olgan sohibqiron” kabi mavzularda Amir Temur ilm-fan va madaniyat rivojiga katta e’tibor qaratgani, jahon tarixida Ikkinchi Renesans deb atalmish ulkan o‘zgarishlarga asos solinganini alohida qayd etib, Amir Temur shaxsini o‘rganish yosh avlodni  vatanparlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.

 

Tadbir yakunida San`atshunoslik fakulteti talabasi, "Yil talabasi-2020" ko‘rik tanlovining "Yilning eng faol ijodkor talabasi" nominatsiyasi g`olibi Sarvarbek Yo`ldoshev tomonidan ijro etilgan “Sohibqiron” qo`shig`i  yig`ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Ulashish: