Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mashhur notiq Rahimboy Jumaniyazov bilan uchrashuv

2021-yil 16-aprel kuni Filologiya fakultetida notiqlik san’atiga qiziquvchilar uchun notiqlik san’atini yuksak darajada egallagan so‘z san’atkori,  mashhur notiq, nutq madaniyati va notiqlik san’atiga doir bir qancha kitoblar muallifi,  Notiqlik san’ati akademiyasi nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, f.f.n., dots. Rahimboy Jumaniyozov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  
Tadbirni fakultet dekani dots.D.Gʻayipov ochib berdi. Uchrashuvda fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qilishdi.  Mahorat darsida ustoz so‘z san’atining nozik taraflarini talabalarga savol-javoblar, har xil aforizm va rivoyatlar orqali yuksak darajada namoyon qildi. O‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish,  uni  o‘z o‘rnida aniq, lo‘nda va ta’sirchan qo‘llash usullari haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi. 
Tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri dots. A Primov ham so‘zga chiqib, mavzuga doir fikr- mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.  Tadbir nihoyatda qiziqarli, mazmundor va yuksak  ruhda o‘tdi. Tadbir davomida faol qatnashgan talaba-yoshlar ustoz Rahimboy Jumaniyozovning esdalik kitoblariga sazovar bo‘lishdi.
 

Ulashish: