Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Teatr bu ibratxonadir!

Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakcha. Bu haqda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb bejiz ta’kidlamagan.
Darhaqiqat, teatr ibrat va ma'naviyat maskani. Yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirish,  ularda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 23-aprel sanasida Urganch davlat universitetining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” yo‘nalishi 201,202-guruh talabalari Xorazm viloyat musiqali drama  teatriga tashrif buyurib, Mahmudxo`ja Behbudiyning "Padarkush" nomli spektaklini tomosha qildilar.
Talabalar spektaklni zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishdi. Bu tashrif talabalarda katta taassurotlar uyg‘otdi, mushohadaga chorladi. Bu taassurotlar ularni teatrga bo‘lgan mehrlarini yanada yuksaltirgan bo‘lsa ajab emas.

Ulashish: