Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida matbuot anjumani o`tkazildi

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning chuqur bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi, iqtidorlarini keng namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda oliy ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlar yanada takomillashtirilib, ilg‘or fan-texnika yutuqlari, innovasion texnologiyalar, istiqbolli loyihalar keng tadbiq qilinmoqda. Urganch davlat universitetida 2021-yil 11-may kuni o`tkazilgan Matbuot anjumanida  aynan shu haqida so`z bordi.
"Bugungi kunda ta`lim sohasidagi yangi islohotlar" mavzusidagi ushbu  Matbuot anjumanida universitetning barcha prorektorlari o`z yo`nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha so`zga chiqdilar.
 
Jumladan, O`quv ishlari bo`yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor S.Davletov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor  Z.Ibragimov,  Moliya va iqtisodiyot ishlari bo`yicha  prorektor A.Atajonov, Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektor  G`.O`razboyevlar universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari, ma`naviy-ma`rifiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyati, talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, talabalar turar joyi bilan ta`minlanganlik darajasi,  moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya masalalari, istiqboldagi reja va vazifalar, shuningdek, hozirgi kunda  universitetda mavjud bakalavriat va magistratura bo`yicha yo`nalishlar, fakultetlar, qabul kvotalari va  tahsil olayotgan talabalar sonining yil sayin oshib borayotgani, xorijning nufuzli universitetlari bilan professor-o`qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi masalalar haqida atroflicha ma`lumot berdilar. 
Matbuot anjumanida OAV xodimlari, blogerlar, viloyat hokimligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi a`zolari  hamda talaba-yoshlar qatnashib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 
 
Anjuman ishi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi.

Ulashish: