Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Professor Zaribboy Do‘simov 75 yilligi, ilmiy-pedagogik faoliyatining 55 yilligiga bag`ishlangan ilmiy-nazariy anjuman o`tkazildi

Urganch davlat universitetining faxrli ustozlaridan biri,  professor, o`zbek tilshunosligi fanining rivojiga munosib hissa qo`shib kelayotgan, fanning onomastika sohasini shakllanishida o`z o`rniga ega  yetuk olim Zaribboy Do`simov tavalludiga  75 yil, ilmiy-pedagogik faoliyatiga esa 55 yil to`ldi. 

Ushbu sana munosabati bilan bugun, 2021-yil 20-may kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida ilmiy-nazariy anjuman va tantanali kecha bo`lib o`tdi.

O‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini ilm-fan rivojiga bag`ishlagan,  kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog`lagan ustozmizni qutlash, e’zozlash maqsadida  respublikaning taniqli professorlari, fan doktorlari, ustozning kasbdosh do`stlari,  universitet prosessor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlar to`plandi.

Anjumanni  UrDU O`quv ishlari bo`yicha prorektori  S. Xodjaniyazov kirish so`zi bilan ochib berib, ustozni qizg`in tabrikladi.

Anjumanda viloyat hokimning  o‘rinbosari San`at  Salayev,  O‘zFA Til va adabiyoti instituti professori, f.f.d.  Ibrohim Haqqulov,  NamDu professori Nosirjon Ulug‘ov, QDU professori Shamshod Abdunazimov, dotsent Farhod Bobojonov,  respublika Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari G.Ibodullayeva,  viloyat Axborot-kutubxona  markazi rahbari,  Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shuhrat Matkarimov, UrDU Filologiya fakulteti professori,  f. f. d.  S.Ro‘zimboyev,  professor  X. Bobojonov,  fakultet dekani  dots. D. Gʻayipovlar so`zga chiqib, ustozning hayoti va ilmiy faoliyati, olib borgan tadqiqotlari, ustoz-shogird an`analari,  jamoada ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yо‘lidagi xizmatlari haqida gapirib, o`z dil izhorlari, samimiy tilak va istaklarini bildirdilar.

Anjumanning badiiy qismida talabalar tomonidan ustozni ulug`lovchi  tabrik  she`rlar ijro etildi.
Anjumanda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ulashish: