Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

2021-yil 24-may kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov  Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni  rektor Bahrom Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati kutib oldi. 

Tashrif  avvalida,  universitet talabalari bilan uchrashib, ular bilan suhbatda bo`ldi. Chet tillarini rivojlantirish borasida qilinayotgan islohotlar borasidagi  fikrlariga quloq tutdi.  Shuningdek, yaratilayotgan barcha shart-sharoitlardan oqilona  foydalangan holda qunt bilan bilim olishga chaqirib,  o`zining tavsiyalarini berdi. 

Qisqa tashrif mobaynida,  vazir A.Toshqulov universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar joyi bilan ta`minlanganlik darajasi, shuningdek, 2021-2022-yillarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 2 ming o`rinli o`quv binosi hamda kapital rekonstruksiya qilinishi mo`ljallangan 600 o`rinli  talabalar turar joyining qurilish rejalari bilan tanishdi.

Tashrif yakunida, vazir A.Toshqulov o`zining iliq fikrlarini izhor etib, samimiy qabul uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Ulashish: