Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!


Bugun Urganch shahrida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida umumxalq bayram sayli keng ko‘lamda va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Mazkur bayram tadbirlari doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, milliy an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalarni namoyish etdi. Xususan, talaba-yoshlarning ijodiy ishlari, milliy liboslar hamda sahna ko‘rinishlari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Sayil davomida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov boshchiligidagi bir guruh nufuzli mehmonlar universitet pavilyoniga tashrif buyurdilar. Mehmonlarga oliygoh rektori Feruza Madraximova hamrohlik qildi.

Ushbu bayram tadbiri milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida vatanparvarlik va an’analarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ulashish