Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Janubiy Koreyada doktorantura uchun nufuzli stipendiya e’loni


Seoul National University (SNU) tomonidan 2026-yil kuzgi semestr uchun “SNU President Fellowship (SPF)” stipendiya dasturiga qabul jarayonlari boshlanganini ma’lum qiladi.

Mazkur dastur rivojlanayotgan davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga SNUda doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olish imkonini beradi.

Stipendiya afzalliklari:

  • To‘liq kontrakt to‘lovi qoplanadi
  • Oylik stipendiya ajratiladi
  • Aviabilet xarajatlari qoplanadi
  • Tibbiy sug‘urta va koreys tili kurslari bilan ta’minlanadi

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Rivojlanayotgan davlat OTMida ishlovchi o‘qituvchi bo‘lishi
  • Magistr darajasiga ega bo‘lishi
  • PhD darajasi mavjud bo‘lmasligi
  • SNU doktorantura dasturiga qabul qilingan bo‘lishi

Dastur doirasida har semestrda cheklangan miqdorda (taxminan 8 nafar) nomzod qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi rasmiy havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://en.snu.ac.kr/admission