Kafedra mudiri f.f.f.d (PhD )Bahodirova Feruza Bahodir qizi 2021-yil 1-dekabrda fal.f.d., prof. Maqsuda Sultonovna Xajiyeva rahbarligida Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli ilmiy kengashda “Pragmatizm falsafasi va uning jamiyat innovatsion rivojlanishiga ta’siri” mavzusida, 09.00.04 Ijtimoiy falsafa ixtisosligida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2023-yil 4-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 340/1-sonli bayonnomasiga asosan 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Dotsent v.b. f.f.f.d ( PhD ) Raximboyeva Xulkar G`ayratovna 2025-yil 20-mayda fil.f.d., prof. Sadullayeva Nilufar Azimovna rahbarligida O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16 raqamli ilmiy darajalar beruvchi bir martalik Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida "O‘zbek tilida gaplarnng iyerarxik tahlili korpusini yaratish ” mavzusida, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
f.f.b.f.d. (PhD) Raximova Laylo Muminbayevna 2025- yil f.f.d. (DSc), professor v.b. Sh.X.Norbayeva rahbarligida “Og‘zaki diskursning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor boʼldi.
f.f.b.f.d. (PhD) Sapayeva Feruza Norbayevna 2025 yil f.f.d., professor Z.Do‘simov rahbarligida “O‘zbek va ingliz tillarida mifologik leksikaning struktur-semantik tadqiqi” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib, PhD filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.