Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi haqida
Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tarixi va ilmiy faoliyati
Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni yuqori darajada rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarga mos malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 1992 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Urganch Davlat universiteti tarkibida Toshkent Politexnika universiteti fakulteti tashkil etildi. Bu fakultetga Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida arxitektura, kimyoviy texnologiya va injenerlik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan xorazmlik talabalar ko‘chirib kelindi. 1994 - yilda Urganch Davlat universitetida «Kimyoviy-texnologiya» fakulteti ajralib chiqdi va shu davrda «Kimyoviy texnologiyalar» kafedrasi tashkil topdi. Kafedraning boshlang‘ich tarkibi 18 nafar professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lib, ulardan 6 nafari texnika fanlari nomzodlari edi. Kafedra mudiri etib kimyo fanlari nomzodi dotsent O.Qulimov tayinlandi.
Dastlabki yillarda kafedra tarkibida "Silikat va qiyin eruvchan nometal materiallar kimyoviy texnologiyasi", "Konservalash texnologiyasi", "Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish" kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash boshlandi. Kafedrada laboratoriyalar tashkil etildi, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish ishlariga katta e’tibor qaratildi. Kafedraning ilmiy faoliyati, shuningdek, mamlakat sanoatining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan ham shug‘ullanadi.
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: neftsiz qurilish bitumlari olish texnologiyasi (t.f.d. prof Jumaniyazov M.J.), O‘rama izolyatsion materiallar olish texnologiyasi (t.f.f.d. Aitova Sh.K.) mahalliy xom ashyolar asosida kislotabardosh keramik materiallar ishlab chiqish (t.f.d. I. Boyjanov), Orolbo‘yi mintaqasining mineral-texnogen resurslaridan foydalanib issiqqa chidamli bog‘lovchi olish texnologiyasi (A.Ruzmetova), kauchuklarni vulkanizatsiyalashda organik tezlatgichlar va ular asosida kompozitsiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish (U.Kazakov), «Lyos-defekat» kompozitsiyasi asosida modifikatsiyalangan mineral bog‘lovchi va keramik gisht tarkiblarini ishlab chiqish (Sh. Masharipova), Markaziy Qizilqum fosforitlaridan azosuperfosfat olishning raqobatbardosh texnologiyasini ishlab chiqish (E. Atashev), kremnezyomli xomashyolarni qayta ishlab, shisha yuzalari uchun badiiy bezak qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish (D.Buranova), qurilish metall buyumlari yuzalari uchun oson suyuqlanuvchi shisha emallar olish texnologiyasini ishlab chiqish (Sh. Matchanova)
Bu tadqiqotlar kafedraning ilmiy faoliyatining turli sohalardagi yirik qadamlari bo‘lib, ularning maqsadi sanoat, texnologiya va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir.
O‘quv va ilmiy faoliyat:
Kafedrada professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar xamda 3 ta xorijiy patentlar chop etmoqdalar. Shuningdek, kafedraning ilmiy ishlari va texnologik tadqiqotlari yuqori samaradorlikni ta’minlab, xalq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, balki mamlakatning sanoat va texnologik rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda. Kafedra ilmiy tadqiqotlar orqali dolzarb muammolarni hal qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirib, o‘z ilmiy saloxiyatini oshirmoqda. Bu esa o‘z navbatida, Xorazm viloyati va Respublikadagi sanoat korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga yordam bermoqda. Hozirgi kunda kafedra mudiri Aitova Shaxlo Kamilovna faoliyat olib bormorda.Kafedrada bugungi kungi tarkibi 19 nafar professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lib, ulardan 16 nafari texnika fanlari doktori va nomzodlari.
Kimyoviy texnologiya kafedrasi bakalavriatda
60710100 – Kimyoviy texnologiya (silikat materiallari),
60710100 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar),
60710100 60710100 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar),
6072100-Gazni chukur kayta ishlash texnologiyasi v
60710100- Kimyo muxandisligi (kechki talim) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi
Magistraturada 70710101 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) yo‘nalishlari mavjud.
Doktoranturada esa 020013 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
020015 – Silikat va qiyin eriyotgan nometal materiallar texnologiyasi sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.