Meva- sabzavotchilik kafedrasi tarixi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch dalat uniersiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti "Meva- sabzavotchilik" kafedrasi 2020 yilda Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash“ kafedrasi asosida tashkil topdi, Urganch Davlat Universitetining yangi tuzilmasiga asosan Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash“ kafedrasi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasi qilib 2022 yil avgust oyida o’zgartirildi Tashkil etilgan yili kafedra tarkibida 3 ta dotsent, 1 katta o’qituvchi va 4 o’qituvchi, jami 8 ta o’qituvchi faoliyat olib bordi.
Kafedrada 2022-o’quv yilida jami uch ta yo’nalish mavjud bo’lgan bo’lib, bular "5411700 - Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish", "5411000 - Mevachilik va uzumchilik, "5411600 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik" yo’nalishlaridir. Ushbu o’quv yilida jami 53 ta (shundan, 12 ta erkak, 41 ta ayol) talaba tahsil oldi.
“Mevachilik va Sabzavotchilik” kafedrasi mudiri q.x.f.f.d., S.Sadullayev va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani q.x.f.n., dots J.Ro’zimov birgalikda 2022-yilning noyabr oyida Rossiya federatsiyasi “Астрахан государственный университет имени В.Н. Татищева” universitetiga, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida qo’shma ta’lim hamda ilmiy loyihalar yuzasidan bordilar va yuqoridagi masalalar bo’yicha ishlarini davom qildirmoqdalar.
2023-yil sentabr oyidan kafedra Urganch Davlat Universitetining yangi tuzilmasiga asosan "Bioinjineriya va oziq-ovqat havfsizligi" fakulteti yiriklashib "Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari" fakulteti qilib belgilandi. Shuningdek ushbu yil yana bitta yangi yo'nalish " 60820100- O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish" kabi yo'nalish bilan birga jami 4 ta yo'nalishda jami 190 ta (shundan, 46 ta erkak, 144 ta ayol) talaba, hamda sirtqi ta'limda ham bir qancha talabalar tahsil oldi.
2024-2025 yilda "Meva-sabzavotchilik" kafedrasida katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan kafedra tarkibida 1 ta fan doktori, 4 ta dotsent, 1 katta o’qituvchi va 4 o’qituvchi, jami 10 ta o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari Meva-sabzavotchilik kafedrasi mudiri Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich tomonidan shu yili Qovunning 3 ta naviga patent olindi, Shuningdek 70811003- "Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik" mutaxassisligi bo'yicha Magistratura yo'nalishi ochildi va 6 ta talaba 1-kursga qabul qilindi.
Bugungi kunda kafedrada talabalar va o’qituvchilar uchun barcha zarur laboratoriya uskunalari va inventarlari mavjud hamda amaliyot o’tash uchun viloyatimizdagi ilmiy-tadqiqot instituti filiallari, fermer xo'jaliklari va oddiy hamda gidropon usulda ekin yetishtiradigan issiqxonalar bilan shartnomalar tuzilgan. Bular jumlasiga Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, Agrosanoat majmui tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomli bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali, "Damkor food" MCHJ va shu kabi qator yirik korxonalardir.
Hozirda Sadullayev Sanjar Madiyarovich kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.
Kafеdramizda 2020-2025 o’quv yilida hozirgi kungacha prоfеssоr-o’qituvchilar tamоnidan 105 ta maqоla va tеzislar, rеspublikada 30 ta, хоrijiy jurnallarda 15 ta, хalqarо kоnfеrеntsiyalarda,21 ta scopus jurnallarida maqola hamda 4 ta o’quv qo’llanma, 7 ta o’quv uslubiy qo’llanmalar va 10 ta monografiya chоp qilindi. Qоvunchilik bo’limidagi faоliyat ko’rsatayotgan “Meva- sabzavotchilik” kafedrasi mudiri q.x.f.d S.Sadullayev ilmiy izlanishlari natijasida qovunning 3 ta navini ixtiro qildi va seleksiya yutuki sifatida ushbu navga patent oldi. kafedrasi mudiri q.x.f.f.d S.Sadullayev va boshqa kafedra ilmiy izlanuvchilar tоmоnidan qоvоqdоshlar, tomatdoshlar, gulxayridoshlar оilasi hamda poliz ekinlariga mansub o’simliklarning tarqalishi, biоlоgiyasi, хalq хo’jaligidagi ahamiyati to’g’risidagi maqоlalar, uslubiy ko’rsatmalar chоp qilinmоqda, shuningdеk talabalarga va fеrmеr хo’jaligi хоdimlariga qоvun еtishtirish bo’yicha ilmiy va amaliy sеminar trеninglar o’tkazib kelinmоqda.