Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi tarixi
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi 2025-yilning sentyabr oyida Urganch Davlat Universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra mudiri vazifasiga t.f.f.d., PhD, dotsent Matyokubov O‘tkir Karimovich tayinlangan. Kafedra faoliyatining dastlabki davrini 15 nafar malakali professor-o‘qituvchilar bilan boshladi, shundan 3 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy daraja va unvonga ega. Shu bilan birgalikda kafedra professor-o‘qituvchilarining 3 nafari (Yuldashov Davronbek Rustam o‘g‘li, Atajonov Furqat Ikromboy o‘g‘li, Matqurbanov To‘lqin Alimboyevich) TOP-500 universitetlar qatoriga kiruvchi Novosibirsk Davlat Texnika Universitetida magistratura va aspiranturani tugatgan bo‘lsa yana 1 nafar professor-o‘qituvchi (Palvanov Shuhrat G'ayrat o‘g‘li) TOP-500 universitetlar qatoriga kiruvchi Klagenfurt universitetini tugatgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining 1 nafari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2 nafari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan. 5 nafar professor-o‘qituvchi IELTS xorijiy til bilish sertifikatiga ega va xorijiy tilda dars mashg’ulotlarini olib borishadi.
Hozirda kafedramizda quyidagi bakalavr va magistrlar tayyorlanib kelinmoqda
Bakalavr:
• 60611400-Pochta aloqasi texnologiyasi
• 60611300-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi
• 60320400-Kutubxona axborot faoliyati
Magistr:
• 70610606 – Fotonika va optik aloqa
Xalaqaro grandlar, xorijiy oliygohlarda malaka oshirish
Kafedra INMACOM (O‘zbekistonda telekommunikatsiya mehnat bozori talablarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa yo‘nalishida magistrlar tayyorlash dasturi) dasturi a’zosi hisoblanadi. Ushbu dastur asosida 70610606 – Fotonika va optik aloqa yo‘nalishida magistratura mutaxassisligi ochilib mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda. Kafedra a’zolari xorijiy ta’lim grantlari asosida ilmiy izlanishlar olib bordilar, nufuzli oliygohlarda malakalarini oshirganlar.
Xususan, 2021 yildan buyon turli xorijiy grantlar doirasida O‘.K.Matyokubov, Sh.H.Ismoilovlar Italiya, Belgiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya davlatlarida va nufuzli oliygoh va markazlarda axborot- kommunikatsion texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirib keldilar va ta’lim jarayoniga tadbiq qildilar. Shu bilan birgalikda professor-o‘qituvchilarning 1 nafari Avstriyada va 3 nafari Rossiyaning nufuzli universitetlari ta’lim dasturlari asosida malakasini oshirishgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, adabiyot, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar
Darslik: Radiotexnik qurilmalarining ishonchliligi (O‘.K.Matyokubov), ….
Monografiya: Mobil aloqa tizimlari ishonchliligini baholash model va algoritmlari (O‘.K.Matyokubov), ….
O‘quv qo‘llanma: Infokommunikatsiya tizimlari elektr ta’minoti (O‘.K.Matyokubov), ….
O'quv qo'llanma: Elektronika va sxemalar (V.A.Kuchkarov)
Darslik: “Latex ga kirish” (M.R.Allaberganova), …..
Darslik: “Ijodiy ta’lim” (U.A.Madaminov), (M.R.Allaberganova)
O‘quv qo’llanma: “Latex ga kirish” (M.R.Allaberganova)
O‘quv qo’llanma:: “O’quv reja, baho va baholash” (M.R.Allaberganova), …
O‘quv qo’llanma:: “Ta’lim nazariyasi” (M.R.Allaberganova), …
O‘quv qo’llanma:: “Teaching teory” (M.R.Allaberganova), …
O‘quv qo’llanma:: “Теория обучения” (M.R.Allaberganova), ….
Monografiya: “Дастурий қобиқ яратиш ва таълимда фойдаланиш методикаси” (M.R.Allaberganova).