GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR KAFEDRASI TARIXI
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasiga “Geografiya” kafedrasi tarkibida asos solingan. 2011-2020 yillarda kafedraga g.f.n., dotsent Avezov Sattarbergan rahbarlik qildi. Bu davrda kafedra ilmiy salohiyati orta borishi bilan birga kafedrada yangi yoʻnalish, Geografiya va geodeziya, kartografiya mutaxassisliklari boʻyicha magistraturaga, tayanch doktoranturaga qabul boshlandi, kafedra zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi, kafedra tarkibi sezilarli darajada kengaydi.
Kafedraga zamonaviy texnologiyalar asosidagi geodezik asboblar va jihozlarning olib kelinishi natijasida kartografik ishlarni bajarishga keng imkoniyatlar yaratildi. 2013-yildan boshlab, kafedra Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan «Kartografik ishlar» boʻyicha litsenziyasini qoʻlga kiritdi.
Kafedrada 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab, viloyat uchun yangi boʻlgan 5311500-“Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2015-yildan boshlab “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi deb qayta nomlandi.
2023-2024 oʻquv yildan boshlab “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi negizida “Geografiya” va “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi tashkil qilinib, kafedra mudiri lavozimiga g.f.n. dots. S.A.Avezov tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada 20 ga yaqin professor–oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Ana shu davrdan boshlab kafedra jamoasi “Geodezik, kartografik va geofazoviy texnologiyalar asosida Quyi Amudaryo mintaqasi resurslaridan samarali foydalanish hamda boshqarish masalalari” ilmiy mavzusi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu mavzu doirasida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan Yildan-yilga kafedra a’zolarining ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanib, ilmiy salohiyat sezilarli darajada orta bordi. 2024-2025 yillarda geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida kafedra oʻqituvchisi Gulimmatov Ikrom Baxtiyarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent, Avezov Sattarbergan Atabaevich rahbarligida “Xorazm viloyati aholi manzilgohlarini tadiq qilishda zamonaviy metodlardan foydalanish” mavzusida (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025-yil 11.00.06 Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi boʻyicha geografiya fanlari boʻyicha doktori (DSc) ilmiy darajasini olish maqsadida kafedra dotsenti Murodjon Sultanov Qilichovich Ilmiy maslaxatchi prof. E.Safarov rahbarligida “Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini geoinformatsion algoritmlar, aerokosmik va kartografik uslublarda modellashtirishning ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida (DSc) dissertatsiyalarini hamda Qalandarov Umarbek Samandarovich 11.00.06 Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi boʻyicha geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida “Sholi ekin dalalarini oqilona joylashtirishda zamonaviy kartografik-geodezik metodlardan foydalanish (Xorazm viloyati misolida)” mavzusida (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Bundan tashqari kafedra dotsenti M.J.Matchanov prof. A.Nigmatov rahbarligida “Geofazoviy texnologiyalar asosida Xorazm vohasi ekologik xavfsizligini tabiiy geografik baholash (O’zbekiston qismi misolida)” mavzusida g.f.d (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Kafedrada 2024 yil 26-27-oktyabrda “Zamonaviy geografiya: innovatsion rivojlanishning ilmiy-uslubiy asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
Kafedrada ilmiy va oʻquv grantlari loyihalarin yozish, xoʻjalik shartnomalari tuzib ishlash va yirik fundamental hamda innovatsion loyihalar ustida ishlari ham kuchaya bordi.
Bugungi kunda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ilmiy-texnik loyihalar, fundamental va amaliy innovatsion loyihalar doirasida quyidagi tadqiqot ishlari olib borildi va bugungi kunda ham davom qildirilmoqda.
Kafedrada Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi boʻyicha “Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish: tabiiy ofatlar salbiy taʼsirini fazoviy tadqiqotlar orqali yumshatish” mavzusidagi, 2017-2021 yillarni oʻz ichiga oluvchi, umumiy qiymati 911 576, 80 yevro boʻlgan loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha doirasida Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlari Shvetsiya, Portugaliya, Gretsiya, Litva nufuzli universitetlarining professor oʻqituvchilari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.
Kafedra dotsenti M. Sultanov Between Europe and the Orient – A Focus on Research and Higher Education in/on Central Asia and the Caucasus ilmiy loyihasida “Environment, natural resources, and renewable energies – Interdisciplinary transboundary research on human-environmental interactions” yoʻnalishidagi postdokturantura boʻyicha “Optimization of Crop Modeling using synthetic high-resolution time series (OPCM)” mavzusida Galle shahridagi Martin Luther University Halle-Wittenberg universiteti “Geoekologiya kafedrasi” bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Toʻplangan natijalar va davr talabidan kelib chiqqan holda xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida, xalqaro konferentsiyalarda maqolalar chop qilish, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Veb kartografiya”, “ Electron vega TEO-5B teodalitida burchak va masofa oʻlchash ishlarini bajarish”, “Xorazm vohasida ekologik xavfsizliknita’minlash boʻyicha Tavsiyanoma” “Interaktiv kartada belgi va geometric shakllar bilan ishlash” mavzusini o’qitishda Geojson qatlamlaridan foydalanish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar chop qilindi. Shuningdek, keyingi davrlarda M.Q.Sultonov, E.Y.Safarov, S.A.Avezov, T.R.Matqurbonov tomonidan “ Xorazm viloyati tuproqlari shoʻrlanishini tadqiq qilishning zamonaviy geografik metodlari” nomli monografiya chop qilindi.
Bugungi kunga kelib, kafedrada 3 ta 60722500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr”, 70721501 – “Geodeziya va geoinformatika” va 60721700 – Kadastr bakalavriat taʼlim yoʻnalishilari boʻyicha kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu taʼlim yoʻnalishlari kunduzgi boʻlimida 250 dan ortiq, sirtqi boʻlimida esa 300 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 70722502 –Geodeziya va kartografiya magistratura mutaxassisligi boʻyicha 2020 oʻquv yilidan boshlab, talabalar qabul qilinib bugungi kunga kelib 20 dan ortiq mutaxasislani tayyorlandi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, yaʼni tayanch doktoranturaning (PhD) hamda doktorantura (DSc) kafedra negizida tashkil etilgan boʻlib, ushbu ixtisosliklarda doktorant va mustaqil tadqiqotchilar Geodeziya, kartografiya sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Hozirgi kunda kafedradaning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida yosh olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirib oʻzlarining doktorlik (PhD va DSc) dissertatsiya ishlarini himoya qilish arafasida. Doktorantlar A.Adambayev va G.Raximovalar doktorlik dissertatsiyasi ishi boʻyicha tayanch doktoranturada (PhD) ilmiy-tadqiqot ishini davom qildirmoqda.
Kafedrada oʻquv metodik ishlar ham keng miqyosda olib borilmoqda. Professor oʻqituvchilar tomonidan Kartashunoslik, Geodeziya GAT, Fotogrammetriya va yerni masofadan zondlash kabi fanlardan oʻquv uslubiy qoʻllanmalar hamda amaliy-laboratoriya ishlanmalari tayyorlanib nashr qilingan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kafedrada faoliyat yuritayotgan yetuk olimlar tomonidan globallashuv sharotida, Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash va ular bandligini taʼminlash jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda, fanning geodeziya, kartografiya va kadastr yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini izchil davom qildirmoqdalar.