Close

Mikrob biotexnologiyasi

Mikrob biotexnologiyasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI

 

ABU RAYXON BERUNIY NOMIDAGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI   

 

 

                                                                  

                                     

 

“TASDIQLAYMAN”

Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Urganch davlat universiteti rektori v.v.b.

_________________S.U.Xodjaniyazov

2025-yil  “___”______________

 

 

 

 

 

                                                                                 

MIKROB BIOTEXNOLOGIYA FANINING

O’QUV DASTURI

 

 

Bilim sohasi:

700 000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta’lim sohasi:

710 000 – Muhandislik ishi

Ta’lim yo‘nalishlari:

60710200 – Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch - 2025

Mazkur o`quv dastur Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti kengashining 2025-yil  “____” __________ dagi  №____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

 

 

 

O’quv ishlari bo`yicha prorektor:        _____________   S.U. Xodjaniyazov

 

 

O’quv  uslubiy boshqarma boshlig’i     _____________ Gʻ. Matlatipov

 

 

Mazkur o`quv dastur “Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari” fakulteti Kengashining 2025-yil “____”_______________ dagi yig’ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (_-sonli bayonnoma).

 

 

 

Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari

fakulteti dekani:                                           _______________    J.Sh. Ruzimov

 

 

Mazkur o`quv dastur “Biotexnologiya” kafedrasining 2025-yil

“___” __________________dagi yig’ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan (_____-sonli bayonnoma).

 

 

 

 

 

Biotexnologiya

kafedrasi mudiri:                                     _______________     S.X.Babadjanova

 

 

 

 

 

 

 

 

FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT

 

Fan/modul kodi

MB3506

O‘quv yili

2025-2026

Semestr

5

ECTS – Kreditlar

6

 

Fan/mopdul turi

Tanlov fan

Ta’lim tili

O‘zbek

Haftadagi dars soatlari

5

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama

(soat)

 

Mikrob Biotexnologiya

 

Jami: 74 soat

- ma’ruza 30 soat;

- amaliy 30 soat;

-laboratoriya-14;

106

180

           

 

2.  

  I. Fanning mazmuni

  Talabalarga fanining nazariy asoslarini mukammal bilishlari, organizmlarning ko‘payishni amalga oshiruvchi xujayralarni yuzaga kelishi va o‘sish, rivojlanish, hamda shakllanish bosqichlarini, organizmlarni xilma-xiligi ularni hayotiy jarayonlari, rivojlanish va molekulyar-genetik asoslarini ko‘payishni xususiyatlarini mukammal o‘rganish haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi lozim.

Fanni o’qitishdan maqsad - mikrobbiotexnologiya ob`ektlari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, soat bo`yicha mikrobiologik sanoatning texnologik va mikrobiologik ko`rsatgichlari bilan ishlash ko`nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Fanning vazifasi: turli mikrobiologik jarayonlarni taxlil etishga, mustaqil fiklashga, mikrobiologik ob`ektlar uchun shart-sharoitlarni tanlash va yaratish, mikroorganizmlar asosida ishlab chiqarishni tashkil etishni o`rganish uchun tayyorlashdan iboratdir.

II. Asosiy nazariy qism. Ma’ruza mashg’ulotlari

Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

 

  1. mavzu. Mikrob biotexnologiya faniga kirish. O’zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanish asoslari.
  2. mavzu. Mikroorganizmlarni asosida biotexnologik jarayonlarni yaratish usullari.
  3. mavzu. Biotexnologik jarayonlarning xomahyosi va ulardan olinadigan maxsulotlar.
  4. mavzu. Biotexnologiyada gen muhamdisligi.
  5. mavzu. Xujayra va to’qimalar biotexnologiyasi.
  6. mavzu. Tuproq mikrobbiotexnologiyasi. Simbiotik azotfiksatsiyada biotexnologiyaning genetik asoslari.
  7. mavzu. Bakterial o’g’itlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi.
  8. mavzu. Entomopatogen biopreparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi.
  9. mavzu. Chorvachilikda biotexnologiya. Veterinar tibbiyotda biotexnologiya.
  10. mavzu. Oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlar ishlab chiqarishda biotexnologiya.
  11. mavzu. Aminokislotalar islab chiqarish. Organik kislotalar ishlab chiqarish. Oqsil preparatlar ishlab chiqarish.
  12. mavzu. Turli tarkibli oziqa preparatlari ishlab chiqarish.
  13. mavzu. Biotexnologik jarayonning eng nuhim biotexnologik asoslari.
  14. mavzu. Ferment ishlab chiqarish biotexnologiyasi
  15. mavzu. Biotexnologiya va bioxavfsizlik.

Ma’ruza mashg’ulotlari modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o’tkaziladi.

 

 

 

II. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Achitqilarning asosiy xossa va belgilarini o’rganish
  2. Pivo ishlab chiqarish mikroflorasi.
  3. Pivo ishlab chiqarishdagi zararli mikroorganizmlar. Pivo ishlab chiqarishda qo’llaniladigan achitqi va ularni ko’paytirish
  4. Vino ishlab chiqarishda foydalaniladigan achitqilar.
  5. Zararli mikroorganizmlar va vino kasalliklari. Vino va vino maxsulotlarining mikrobiologik chidamliligiga baxo berish
  6.  Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda foydali mikroorganizmlarni o’rganish.
  7. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda zararli mikroorganizmlarni aniqlash
  8. Tuproq unumdorligini oshiruvchi, o’simlik o’sishini va rivojlanishini tezlashtiruvchi bioo’g’it olish
  9. Mikrob biopreparatlar olish biotexnologiyasini o’rganish
  10.  Azotobakterin biopreparatlarini olish biotexnologiyasini o’rganish
  11.  Azotobakterin biopreparatlarini olish biotexnologiyasini o’rganish
  12. Fosforobakterin biopreparatlarini olish biotexnologiyasini o’rganish
  13. Fosforobakterin  preparatini olish va biotexnologiyasini o’rganish
  14. Mikrobiologik ishlab chiqarishda bakteriofaglarni qo’llash
  15. Mikrobiologik ishlab chiqarishda bakteriofaglarni qo’llash.

Amaliy mashg’ulotlari multimedia qurilmalar bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruxda bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogic va axborot texnologiyalari qo’llanilishi maqsadga muvofiq.

 

III. Laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

  • mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  

Laboratoriya mashg’ulotlari multimedia qurilmalar bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruxda bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalari qo’llanilishi maqsadga muvofiq.

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

  1. Mikrob biotexnologiyasi asoslari.
  2. Mikroorganizmlarni o‘stirish usullari.
  3. Mikroorganizmlarni ekish va fermentatsion jarayonlarni baxolash
  4. Mikrosuvo‘tlari asosida xosil moddalari ishlab chiqarish texnologiyasi, produtsentlar va xom-ashyolarini o‘rganish
  5. Ishlab chiqarishdagi qo‘shimcha masulotlar
  6. Zamburug asosida biomassalar olish texnologiyasi, produtsentlar va xom-ashyo manbalarini o`rganish
  7. Mikrob biotexnologiyasi sanoatida bakteriofaglarning ahamiyati
  8. Mikroorganizmlar asosida qishloq xo‘jaligi uchun biopreparatlar olish.
  9. Mikroorganizmlar asosida fiziologik faol moddalar olish.
  10. Antibiotiklar sintezlovchi prodesent mikroorganizmlarni aniqlash usullari

Mustaqil ta’lim bo’yicha talabalar referat, taqdimot materiallari, Google Apps (gurux bo’lib xujjat, jadval, prezentasiya, test tayyorlash), SWOT (muammoni SWOT tahlil qilish) va x.k tayyorlash va uni ximoya etish tavsiya qilinadi.

3.

 Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o’zlashtirish natijasida talaba;

Fanining nazariy asoslarini mukammal bilishlari, organizmlarning ko‘payishni amalga oshiruvchi xujayralarni yuzaga kelishi va o‘sish, rivojlanish, hamda shakllanish bosqichlarini, organizmlarni xilma-xiligi ularni hayotiy jarayonlari, rivojlanish va molekulyar-genetik asoslarini ko‘payishni xususiyatlarini mukammal o‘rganish haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;

• Hujayra va uning tuzilishi, hujayra sitoplazmasining tarkibi, submikroskopik tuzilishi, hujayra organellalari va funksiyalarini, xromosoma va mag‘izning (yadro), tuzilishi hujayraning mitoz bo‘linishini mikroskop ostida ko‘rish va aniqlash, interfaza va ishchi holatlari, hujayraning oddiy va murakkab bo‘linishlari bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

• Mikroorganizm xaqida umumiy tushincha, biotexnologiya fanining rivojlanish istiqbollari va muammolari, biotexnologiya yo‘nalishining mohiyati va vazifalari, mikroorganizmlarga ozuqa muxiti tayyorlash va ozuqa muxitlarini sterillash, avtoklavning ishlash prinsipini o‘rganish haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi

Jarayonning harakat rejimlarini, mikroorganizimlar va ularning turlarini, biomassalarni filtrlash jarayonini va qurilmalarini, sanoat chiqindilarini tozalash usullari, tashqi muhit omillari almashinish jarayonlari, fizik-kimyoviy ta’sirlar va qonunlarini bilishi to‘g‘risida aniq malakalariga ega bo‘lishi kerak.

• kerakli xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar yaratish, hayvon hujayralari transfeksiyasi;

• biotexnologik ishlab chiqarishda xom ashyo va produtsentlar xaqida;

• to‘qimalami o‘stiruvchi peptid vaktorlari va boshqa biologik mahsulotlaming yangi avlodlari bo‘yicha ко‘nikmalariga ega bo’lishi kerak.

4.

 Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • Ma’ruza
  • Interfaol keys studylar
  • Seminarlar (mantiqiy fikrlash, texkor savol-javob)
  • Guruxlarda ishlash
  • Taqdimotlarni qilish
  • Individual loyixalar
  • Jamoa bo’lib ishlah
  • Ximoya qilish uchun loyixalar.

5.

Kreditlarni olish uchun talablar:

Fanga oid nazariy va  uslubiy tushunchalarni to’liq o’zlashtirish, taxlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar xaqida mustaqil fikrlay olish, joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa xamda topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha test topshirish.

 

 

6.

Asosiy adabiyotlar

  1. R.Artikova, S.Murodova. Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi. Darslik. -Т.: «Fan va texnologiya», 2010, 252 bet
  2. Артикова Р.М., Мурадова С.С. Қишлоқ хўжалик биотехнологияси, Дарслик, Тошкент, ТошДАУ, 2011 йил, 290 бет.
  3. Қ.Давранов. Биотехнология: илмий, амалий ва услубий асослари, Монография, Тошкент-2008, 506 бет
  4. Давранов Қ.Д, Хўжамшукуров Н.А. Умумий ва техник микробиология. Дарслик, Ўзбекистон нашриёти, 2004 йил, 274 бет.
  5. Зупаров М.А. ва бошқ. Қишлоқ хўжалик биотехнологияси (лаборатория машғулотларини ўтказиш учун қўлланма), ТошДАУ нашриёти, 2016 й, 98 бет.
  6. A.Tadjiev va boshq. Mikrobiologiya.Darslik/Xorazm nashr/ 2023y, 245 b
  7. A.Tadjiev va boshq. Agrobiotexnologiya. O’quv qo’llanma/ Xorqzm nashr/ 2023 y, 142 b
  8.  A.Tadjiev va boshq. Agrobiotexnologiya. Izohli lug’at/Xorazm nashr/ 237 b
  9. Zikryaev A., Mirxamidova P. Biologik kimyo va molekulyar biologiya. Darslik. T.:Tafakkur bo’stoni.2013.-223b

 

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Артикова Р.М., Мурадова С.С. Қишлоқ хўжалик биотехнологияси, Дарслик, Тошкент, Фан ва технология нашрёти, 2010 йил, 56 бет.
  2. Sattarov A.S. Biotexnologiya fanidan amaliy  mashg’ulotlari. O’quv uslubiy qo’llanma, Termiz 2019 yil, 76 bet.
  3. Raxmatov N.A., Maxmudov T.M., Mirzaev S. Biokimyo. Darslik -Т.: Ta’lim, 2009.528
  4. Musaev X.N., Axmedova N.X. Kimyoviy mikrobiologiya.Darslik. -T. Fan va texnologiya. 2012.-428 b

Internet saytlari

  1. www.texnologiya.ru
  2. www.bilimdon.uz
  3. www.ref.uz
  4.  

7.

Fan dasturi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kengashning 2025 yil “____”______________dagi____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

8.

Fan/modul uchun mas’ul :

A.Yu.Tadjiev - UrDU “Biotexnologiya” kafedrasi dots., b.f.n.

Sh.U.Norimov - UrDU “Biotexnologiya” kafedrasi stajor o’qituvchisi

Sh.T.Matsafayeva - UrDU “Biotexnologiya” kafedrasi stajor o’qituvchisi

 

 

9.

Taqrizchi :

N.M.Ibragimova - UrDU “Biotexnologiya” kafedrasi dots., b.f.n.

  • - Xorazm Ma’mun Akademiyasi kichik ilmiy xodimi