Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


2025-2026 o'quv yili “ART DECOR” to'garagi

2025-2026 o'quv yili “ART DECOR” to'garagi

“ART DECOR” – ijod va nafislik uyg‘unlashgan to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir samarali tashabbus yo‘lga qo‘yildi.

Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi dotsenti Sh.Aitova hamda o‘qituvchi E.Xudayberganov tashabbusi bilan  “ART DECOR” nomli yangi ijodiy to‘garak tashkil etildi. 

To‘garak yosh ijodkorlar uchun keng imkoniyat yaratadi:
✅Keramika buyumlariga naqsh, rasm va sir berish;
✅ Futbolka va kiyimlarga rasm tushirish (print texnologiyasi);
✅ Turli buyumlarga dekorativ ishlov berish;
✅ Har xil materiallarni bezash, jonlantirish.

Ushbu to‘garak nafaqat talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki ularning kasbiy ko‘nikmalarini boyitish, estetik didini rivojlantirishga xizmat qiladi.