Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyatining “Kelajak liderlari” klubiga a’zolarni navbatdagi saralash bosqichi o‘tkazilmoqda


Davlat fuqarolik xizmatida xamda raxbar xodimlar orasida yoshlar salmog‘ini oshirish, yosh rahbarlar zaxirasini shakllantirish xamda vatanparvar ma’suliyatli yosh avlod kadrlarni tayyorlash maqsadida Xorazm viloyatida “Kelajak liderlari” klubi tashkillashtirilmoqda. 
Xususan, joriy yilning 18-iyun – 15-iyul kunlari davomida klubga a’zolikka tanlov o‘tkazish bo‘yicha viloyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida e’lon berilib, yoshlar orasida klubning mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi. Ushbu klubni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat fuqarolik xizmati uchun tashabbuskor, liderlik qobiliyatlariga ega bo‘lgan, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda, ularni boshqalarga to‘g‘ri yetkazib bera oladigan, tengdoshlarini o‘z ortidan ergashtira oladigan, zamonaviy fikrlaydigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashdan iboratdir. urdu.uz, Davlat fuqarolik xizmatida xamda raxbar xodimlar orasida yoshlar salmog‘ini oshirish, yosh rahbarlar zaxirasini shakllantirish xamda vatanparvar ma’suliyatli yosh avlod kadrlarni tayyorlash maqsadida Xorazm viloyatida “Kelajak liderlari” klubi tashkillashtirilmoqda.

Belgilangan muddat davomida elektron platformaga 600 ga yaqin hujjatlar kelib tushdi. Ulardan 310 nafar nomzodning hujjati 1-bosqichda saralanib, bugungi kunda 2-bosqich test jarayonlari boshlab yuborildi. 
Jumladan, joriy yilning 27, 28 va 29-iyul kunlari soat 09.00 hamda 12.00 da Urganch davlat universiteti Axborot resurs markazida test.argos.uz saytida “Kelajak liderlari-2021” platformasida test topshirishmoqda. 

Test sinovlari kuzatuvchisi sifatida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali xodimlari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Urganch Davlat universiteti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Test bali 56 foizdan yuqori topshirgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichga o‘tkaziladi. Keyingi bosqich,  belgilangan vaqt mobaynida davlat xizmatchisini vataniga, xalqiga va o‘z ishiga bo‘lgan munosabati va mexrini ko‘rsatib beruvchi mavzu tanlanib,  250-300 so‘zdan iborat yozma insho (esse) yozish ko‘zda tutilgan.urdu.uz, Davlat fuqarolik xizmatida xamda raxbar xodimlar orasida yoshlar salmog‘ini oshirish, yosh rahbarlar zaxirasini shakllantirish xamda vatanparvar ma’suliyatli yosh avlod kadrlarni tayyorlash maqsadida Xorazm viloyatida “Kelajak liderlari” klubi tashkillashtirilmoqda.
Insho bosqichiga kuzatuvchi va baholovchi sifatida Davlat boshqaruv akademiyasi hududiy filiali o‘qituvchilari hamda Urganch davlat universiteti O‘zbek filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari jalb etiladi. 
Tanlovning 3 ta bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar so‘nggi bosqich suhbat jarayoniga jalb etiladi. Suhbat jarayoni viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh rahbari, rahbar o‘rinbosari hamda a’zolari bilan birgalikda saralab olinadi. 
 Tanlov yakunida jami viloyat bo‘yicha 50 nafar istiqbolli lider yoshlar saralab olinib, birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubining 2021-yil a’zolari safiga qabul qilinadi.

urdu.uz, Davlat fuqarolik xizmatida xamda raxbar xodimlar orasida yoshlar salmog‘ini oshirish, yosh rahbarlar zaxirasini shakllantirish xamda vatanparvar ma’suliyatli yosh avlod kadrlarni tayyorlash maqsadida Xorazm viloyatida “Kelajak liderlari” klubi tashkillashtirilmoqda.

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish