Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ta`lim sohasidagi yangi islohotlar: 2021/2022-o`quv yili qabul jarayonlari


Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta`lim tizimida keng ko`lamli islohotlar, o`zgarishlar yil sayin ortiq bormoqda. Mazkur islohotlarning salmoqli qismi oliy ta`lim tizimida bo`lmoqda. Urganch davlat universitetida 2021-yilning 31-iyul sanasida o`tkazilgan matbuot anjumani aynan shu haqida: “Ta`lim sohasidagi yangi islohotlar: 2021/2022-o`quv yili qabul jarayonlari” mavzusida bo`lib o`tdi.

Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev raisligida o`tkazilgan mazkur matbuot anjumanida O`quv ishlari bo`yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Ilmiy kotib, o`qishni ko`chirish bo`yicha mas`ul xodim I.Atajonov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani, joriy yilgi qabul komissiyasi kotibi Z.Jumaniyozovlar ishtirok etib, oliy ta’limda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar jumladan, joriy yildagi qabul kvotalari, yangi ochilgan yo`nalish va mutaxassisliklar, o`qishni ko`chirish tartibi kabi bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan ma`lumot berdilar.

Shundan so`ng, anjumanda ishtirok etayotgan OAV vakillari, blogerlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan berilgan quyidagi savollarga javoblar berildi:
1. O'qishni ko'chirishdagi so'rovlar oliy ta'lim vazirligi tomonidan ko'rib chiqiladimi yoki o'qishni ko'chirishda talabani qabul qilayotgan universitet tomonidanmi? 
2. Ikkinchi mutaxassislik uchun bakalavr yo'nalishiga o'tgan yildagi talabalar 2-kursdan qabul qilingan edi, bu imkoniyat joriy yilda ham saqlanib qoladimi?
3. Joriy yilda 3475 nafar talabani qabul qilish bo'yicha kvota tasdiqlangan, mazkur raqamlar super kantraktlarni  hisobga olsak universitet sig'imi qancha nafar talabagacha qabul qila oladi?
4. Joriy yilda 3-bosqich talabasi bo'lgan universitet talabasi o'qishini boshqa universitetga ya`ni boshqa noturdosh yo'nalishga qaytadan 2-kurs shaklida ko'chira oladimi?
5. UrDU tarkibida bo'lgan ma'nan eskirgan, ta'mirtalab o'quv binolarni qayta tamirlash ishlari boshlandimi yoki endi boshlanish arafasidami? Agar joriy yilda tamirlash rejaga kiritilgan bo'lsa, bular qaysi fakultet binolari va bu binolar qachongacha qayta tamirlash rejaga kiritilgan.
Matbuot anjumani davomida shu va shu kabi savollarga batafsil javob berildi.

urdu.uz,TA`LIM SOHASIDAGI YANGI ISLOHOTLAR: 2021/2022-O`QUV YILI QABUL JARAYONLARI

urdu.uz,TA`LIM SOHASIDAGI YANGI ISLOHOTLAR: 2021/2022-O`QUV YILI QABUL JARAYONLARI

urdu.uz,TA`LIM SOHASIDAGI YANGI ISLOHOTLAR: 2021/2022-O`QUV YILI QABUL JARAYONLARI

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish