Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi


Bugun 6-sentabrdan respublikamizda yangi 2021-2022 o`quv yili boshlandi. Shu jumladan Urganch davlat universitetida ham yangi o`quv yilining ilk kuni o`zgacha shukuh, bayramona kayfiyatda boshlandi. 

Yangi o`quv yili munosabati bilan universitet Madaniyat saroyida  talaba-yoshlarimiz va 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirokida ilk mustaqillik darsi tashkil qilindi.  “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu tadbirni universitet rektori Baxrom Abdullayev ochib berib, barcha talabalarni mustaqilligimizning 30 yilligi bilan, qolaversa yangi o`quv yili bilan, shuningdek imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tib talabalik baxtiga muyassar bo`lgan 1-kurs talabalarni samimiy tabrikladi.

Yangi o‘quv yili oldi tadbiriga an`anaga muvofiq Xorazm viloyati hokimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Farhod Ermonov tashrif buyurib, ilk mustaqillik darsini boshlab berdi.  Hokim o`z so`zida prezidentimiz qaror va farmonlari asosida viloyatimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan jadal islohotlarga alohida to`xtaldi. O`z hayotiy tajribalari asosida mustaqil hayotga ostonasiga ilk qadam qo`ygan yig`it-qizlarimizga o`z tavsiyalarini berdi. 

Keyingi yillarda Urganch davlat universitet jamoasi  ta’lim tarbiya samaradorligi va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Viloyat hokimi ana shunday iqtidor egalaridan biri - fizika-matematika fakulteti talabasi Islombek Ismoilovni  Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, esdalik sovg`alari topshirdi.

 So‘zga chiqqanlar Mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizdagi tinchlik osoyishtalik va jadal rivojlanishni e’tirof etib, talabalarga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladilar.

urdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

urdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

urdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

urdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

urdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandiurdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

urdu.uz;Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

Ulashish