Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda “Jahon sivilizatsiyasida O’rta Osiyo allomalari va Islom dinining o’rni” mavzusida davra suhbati o`tkazildi


2021-yilning 20-sentabrida O'zbekiston musulmonlar  idorasi  “Qur'on tajvidini o'rgatish” bo'limi mudiri o'rinbosari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi ilmiy xodimi, O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi faxriy doktori  Abror Muxtor Aliy Urganch davlat universitetida bo`ldi.

Tashrif chog`ida  universitet talaba-yoshlari bilan  uchrashib, “Jahon sivilizatsiyasida  O’rta  Osiyo  allomalari va islom dinining o’rni” mavzusida  davra suhbati o`tkazildi. 

Tadbirni Tarix fakulteti katta o`qituvchisi PhD  Z.Odilov kirish so`zi bilan ochib berdi. 

Shundan so`ng, Abror Muxtor Aliy  so`zga chiqib, Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining inson kamolotini shakllantirishdagi o`rni, Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksalgan davri ekanligi, Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi Xorazm Ma’mun akademiyasining vujudga kelishi, Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari, aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadriyatlar, ma’naviy-ruhiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, badiiy-nafis qadriyatlar hamda diniy qadriyatlar xususida atroflicha ma`ruza qildi.
Tadbir savol va javoblar yo‘sinida qiziqarli tarzda tashkil etildi va katta taassurotlarga boy bo‘ldi.

urdu.uz;UrDUda “Jahon sivilizatsiyasida  O’rta  Osiyo  allomalari va Islom dinining o’rni” mavzusida  davra suhbati o`tkazildi

urdu.uz;UrDUda “Jahon sivilizatsiyasida  O’rta  Osiyo  allomalari va Islom dinining o’rni” mavzusida  davra suhbati o`tkazildiurdu.uz;UrDUda “Jahon sivilizatsiyasida  O’rta  Osiyo  allomalari va Islom dinining o’rni” mavzusida  davra suhbati o`tkazildiurdu.uz;UrDUda “Jahon sivilizatsiyasida  O’rta  Osiyo  allomalari va Islom dinining o’rni” mavzusida  davra suhbati o`tkazildi

Ulashish