Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “COVID-19 profilaktikasi va emlash chora-tadbirlari” mavzusida tadbir o`tkazildi


2021-yil 24-sentabr sanasida Urganch davlat universiteti hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyati bo`linmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan ushbu tadbir  Urganch davlat universitetida professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida o`tkazildi. 

Mazkur tadbirni  “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyati bo`linmasi rahbari, viloyati hokimining maslahatchisi S.Sapayeva  ochib berib, moderatorlik qildi. 

Tadbirda so`zga chiqqanlar, xususan UrDU Yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov, Xotin–qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva, shuningdek tadbir mehmonlari  Xorazm viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishta markazi bosh shifokor o`rinbosari Sh.Atajanov hamda  viloyat  Yuqimli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori  Z.Madrimovlar  bugungi  kunda insoniyat  hayotidagi global muammo  COVID-19 pandemiyasiga qarshi  mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar, xususan, Xorazm viloyatida vaksinatsiya jarayonlarining borishi, COVID -19 ga qarshi vaksina samarali sinov va mavjud profilaktika choralari bilan birgalikda, pandemiyani nazorat ostiga olishga yordam beradigan muhim vositaligi va u inson hayotiga  xavfsiz ekanligi, hozirda emlash uchun  4 xildagi vaksina mavjudligi hamda emlanish tavsiya qilinadigan va tavsiya qilinmaydigan holatlar yuzasidan atroflicha ma`lumot berildi.  Shuningdek, tadbirga yig`ilganlarni  oʼzi va yaqinlarining sogʼligiga befarq boʼlmasdan,  ommaviy emlash jarayonida faol bo`lishga chaqirdilar.

 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Covid-19 profilaktikasi va emlash chora-tadbirlari” mavzusida tadbir o`tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Covid-19 profilaktikasi va emlash chora-tadbirlari” mavzusida tadbir o`tkazildi

Ulashish