Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Navoiyxon talaba” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi


2021-yilning 24-sentabr kuni Urganch davlat universitetining  Filologiya fakulteti talaba-yoshlari  ishtirokida  "Navoiyxon talaba"  ko`rik- tanlovining  sentabr oyi soni bo`lib o`tdi.Tadbirni Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov kirish so`zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovda ishtirokchilari  Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni bo`yicha o`zaro she`riyat maydonida  bahsga kirishdilar.
Tadbir davomida O`zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi  M.Ro`zmetova murabbiyligidagi  182- guruh  talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy- qo`shiqlar, raqslar va sahna ko`rinishlari ijro qilindi.  
O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyati bo`linmasi xodimlari tadbir mehmoni bo`ldilar.
Tanlov yakunida O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, hakamlar hay`ati a`zosi dots.S.Matkarimova tomonidan g`oliblar e`lon qilinib, diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.

urdu.uz, “NAVOIYXON TALABA” KO`RIK-TANLOVI BO`LIB O`TDI

urdu.uz, “NAVOIYXON TALABA” KO`RIK-TANLOVI BO`LIB O`TDI

urdu.uz, “NAVOIYXON TALABA” KO`RIK-TANLOVI BO`LIB O`TDI

 

Ulashish