Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Biz yoshlar giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!


Mamlakatimizda ulkan o'zgarishlar ro'y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o'smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo'layotgani barchamizni tashvishga soladi. Zero, og'u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar etkazadi. Bu ofatga qarshi kurashish o'zini shu yurt farzandiman deb bilgan har bir insonning burchidir.
2021-yilning 13-oktabrida Urganch davlat universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar, xususan, UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanjar Davletov hamda tadbir mehmoni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv xodimi  Shohrux Jo'rayevlar salbiy illatlar jumladan, giyohvandlik va uni oldini olish, “asr vabosi”ga qarshi kurashishda har bir fuqaro chetda turmasligi, giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz oqibatlari,  yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi hamda foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari lozimligi haqida atroflicha fikr bildirib, talaba-yoshlarni ogohlikka chaqirdilar. 
Shundan so‘ng, konsert dasturi namoyish etildi.

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

Ulashish